AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh soliq islohoti haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda «Reuters» axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Soliq islohoti Tramp saylovoldi va’dalaridan biri bo‘lgan. Qonun turli toifadagi soliq to‘lovchilar, birinchi navbatda, biznes, korporatsiya va korxonalardan undiriladigan soliqni kamaytirishni ko‘zda tutadi.
Jumladan, qonunga ko‘ra, yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 35 foizdan 21 foizgacha kamaytiriladi. Shuningdek, yuridik shaxslarning xorijdagi faoliyatidan mamlakatga qaytariladigan vositalarga olinadigan soliq ham kamaytiriladi: naqd mablag‘lar uchun 15,5 foizgacha, naqdsiz mablag‘lar uchun 8 foizgacha.
Qonunga ko‘ra, soliq shkalasi kiritiladi: 10, 12, 22, 24, 32, 35 va 37 foiz. Eng quyi stavka yiliga 9525 dollardan kam daromad oluvchi shaxs yoki yiliga 19050 dollargacha pul topuvchi oilalar uchun amal qiladi. Agar soliq to‘lovchi yiliga 82,5 ming dollardan 157,5 ming dollargacha daromad olsa, u davlatga 24 foiz soliq to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Eng yuqori stavka yiliga 500 ming dollardan ko‘proq mablag‘ topuvchilarga qo‘llanadi.
Bu qonunga ko‘ra avval prezident Barak Obama vaqtida kiritilgan, o‘zini tibbiy sug‘urta bilan mustaqil ta’minlashdan bosh tortadigan fuqarolarga qo‘llanadigan majburiy jarima haqidagi qoida bekor qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi