07:53 / 23.12.2017
5 400

Italiyada 300 yevro evaziga bemorlarni o‘ldirgan sanitar qo‘lga olindi

Italiyada 300 yevro evaziga bemorlarni o‘ldirgan sanitar qo‘lga olindi
Italiyada mafiya bilan bog‘liq dafn byurosi buyurtmasiga asosan bemorlarni o‘ldirishda ayblangan tez tibbiy yordam sanitari hibsga olindi. Bu haqda «RBK»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Tergov Kataniya shahridan bo‘lgan 42 yoshli Davide Garofalo bemorlarga in’eksiya qilish chog‘ida havo kiritgan deb hisoblamoqda. Buning oqibatida odamlar arteriyalar bekilishidan o‘lgan.

Marhumlarning yaqinlari sarosimaga tushganidan foydalanib, sanitar Sitsiliya mafiyasi bilan bog‘liq dafn byurosi xizmatlarini tiqishtirgan. Har bir marhum uchun Garofalo 300 yevro olgan.

Barcha marhumlar umidsiz kasal, ikkisi esa nuroniy yoshda bo‘lgani uchun ularning qazo qilgani shubha tug‘dirmagan. Sanitar 2014—2016 yillarda amalga oshirilgan uchta qotillikda ayblandi, biroq qurbonlar soni bundan ko‘p bo‘lishi mumkinligi istisno etilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada 300 yevro evaziga bemorlarni o‘ldirgan sanitar qo‘lga olindi