09:28 / 23.12.2017
5 462

Sirli Santa: Bill Geyts mushuklarni yaxshi ko’ruvchi qizga kutilmagan tuhfa jo’natdi

Sirli Santa: Bill Geyts mushuklarni yaxshi ko’ruvchi qizga kutilmagan tuhfa jo’natdi
Reddit foydalanuvchilari har yili “Sirli Santa” o’yini jarayonlarida o’z ismlarini sir saqlagan holda boshqa foydalanuvchilar bilan sovg’a almashishadi. Ushbu o’yin ishtrokchilari orasida milliarder Bill Geyts nomini ham ko’rish mumkin. Geyts bu yili “VivetteLLC” nomi ostida ro’yhatdan o’tgan qizga bahaybat mushuk ko’rinishidagi yumshoq o’yinchoq sovg’a qildi.

Qiz o’yin so’rovnomasida mushuklarni juda yaxshi ko’rishi va uyida 4 nafar mushuk boqishi haqida yozgan. Bundan ta’sirlangan Geyts esa unga mushuk shaklidagi o’yinchoq sovg’a qilishga qaror qildi. O’yinchoqning umumiy og’irligi esa 13 kgni tashkil etmoqda.

Shu bilan birga Geyts mushuklarga ko’mak berish bilan shug’ullanuvchi fond hisobiga qizning nomidan 750 AQSH dollari miqdorida hayriya qilgan, o’yinchoq bilan birga esa bir nechta kitoblar, yapon qo’g’irchog’i, esdalik sovg’alari va turli liboslar tuhfa etgan.

Bill Geyts mazkur o’yinda 2013 yildan buyon muntazam ravishda qatnashib keladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sirli Santa: Bill Geyts mushuklarni yaxshi ko’ruvchi qizga kutilmagan tuhfa jo’natdi