10:30 / 23.12.2017
5 254

AQSh Ukrainaga mudofaa qurollarini yetkazib berishga qaror qildi

AQSh Ukrainaga mudofaa qurollarini yetkazib berishga qaror qildi
Vashington Ukrainaga uning hududiy yaxlitligi va suvereniteti himoyasini ta’minlash maqsadida mudofaa qurollarini yetkazib berishga qaror qildi. Bu haqda AQSh davlat departamenti vakili Xezer Nauert ma’lum qildi.

“AQSh Ukrainaga kuchaytirilgan mudofaa imkoniyatlarini mamlakatga uning mudofaa imkoniyatlarini shakllantirishdagi va kelgusida tajovuzlarni qaytarishidagi yordamimizning bir qismi sifatida yetkazib berishga qaror qildi”, deb aytilgan Nauert bayonotida. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

“AQShning yordami, avval aytganimizdek, mudofaa xarakteriga ega. Biz doimo Ukraina suveren davlatligini va o‘zini himoya qilishga haqli ekanini aytib kelganmiz”, deyilgan bayonotda.

Bayonotda ta’kidlanishicha, AQSh Ukraina sharqidagi vaziyatni tartibga solish uchun Minsk kelishuvlarining bajarilishiga sodiq bo‘lib qoladi.

22 dekabrda AQSh OAV davlat departamentidagi nomi oshkor qilinmagan manbalarga iqtibos keltirgan holda Tramp Kiyevga Javelin tanklarga qarshi raketa qurilmalari yetkazib berilishini ma’qullamoqchiligini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, gap 35 ta Javelin qurilmasi va 210 ta tanklarga qarshi raketa yetkazib berish haqida borgan.

21 dekabrda esa AQSh Ukrainaga o‘qotar qurol yetkazib berilishiga litsenziyalarni ma’qullagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Ukrainaga mudofaa qurollarini yetkazib berishga qaror qildi