08:09 / 24.12.2017
6 570

Turkiyaga Yevropa Ittifoqida o‘rin yo‘q – Avstriya kansleri

Туркияга Европа Иттифоқида ўрин йўқ – Австрия канцлери
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs Turkiya oxirgi yillar olib borayotgan siyosati tufayli Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘la olmasligini aytdi.

“Bu davlatda biz inson huquqlari, asosiy huquq va erkinliklarning jiddiy buzilishlariga duch kelmoqdamiz. Yevropa Ittifoqi buni ko‘rib, o‘zini hech narsa bo‘lmayotgandek tutishini qabul qila olmayman. Fikrimcha, Turkiyaga oxirgi yillar olib borayotgan siyosati tufayli Yevropa Ittifoqida o‘rin yo‘q. Uning ittifoqqa kirishi bo‘yicha muzokaralar tugatilsa adolatli bo‘lardi”, deb aytgan Kurs Bild am Sonntag nashriga bergan intervyusida.

Kursning aytishicha, Turkiya Avstriya, Germaniya va boshqa davlatlardagi turklarning integratsiyasi yuz bermasligi uchun bu davlatlardagi turk jamoatiga kuchli ta’sir qilishga urinmoqda.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vazirligi Avstriyaning yangi hukumati dasturiga norozilik bildirgandi. Dasturda Vena Turkiyaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan.

Bryussel va Anqara o‘rtasidagi munosabatlar Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin yomonlashgan. Yevropa Ittifoqi to‘ntaruv bilan bog‘liq ommaviy hibsga olishlar, Anqara ko‘rgan boshqa choralarni tanqid qilib, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralarning yangi bosqichiga o‘tishni to‘xtatgan.

Ayniqsa Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshilik qilayotgan Avstriya va Germaniya bilan munosabatlar keskinlashib ketgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaga Yevropa Ittifoqida o‘rin yo‘q – Avstriya kansleri