18:05 / 24.12.2017
15 717

Olamdan o‘tgan 2 yashar bolakay kutilmaganda o‘rnidan turdi-yu, suv berishlarini so‘radi…

Olamdan o‘tgan 2 yashar bolakay kutilmaganda o‘rnidan turdi-yu, suv berishlarini so‘radi…
Braziliyada kutilmagan va favqulodda hodisa yuz berdi. Ikki yashar Kelvin Santos ismli bolakay pnevmoniya tufayli olamdan o‘tgandi. Kasalxonadagilar jasadni dafn etishlari uchun ota-onasining qo‘liga topshirdi. Tez fursatda uyidagilar dafn marosimiga tayyorlanib ham ulgurishdi.

Bolakayning dafn etilishiga bir soatgina vaqt qolgan, u ochiq tobutda yotardi. U bilan qarindoshlar, ota-onasi vidolashish uchun kirishganda, Kelvin kutilmaganda o‘rnidan turib o‘tirdi va suv berishlarini so‘radi. Shubhasiz, yaqinlari shok holatiga tushib qolishdi. Baqir-chaqirlar boshlandi. Ota-onasi quvonchdan yorilay deb jasadga yopishdi. Afsuski, suvni ichib bo‘lgach, bolakay qaytadan tobutga yotdi-yu, endi rosmana olamdan o‘tdi.

«Chiqmagan jondan umid», deganlaridek, yaqinlari Kelvinni qaytadan kasalxonaga olib borishdi. Mutaxassislar tekshirib ko‘rib bola olamdan o‘tganini aytishdi. Baribir ota-onasi umidvor edi. Bir necha soat kutishdi. Bola uyg‘onib qolishidan umid qilishdi. Yo‘q, Kelvin qayta uyg‘onmadi. Shundan keyin tobutni qabristonga olib ketishga majbur bo‘lishdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olamdan o‘tgan 2 yashar bolakay kutilmaganda o‘rnidan turdi-yu, suv berishlarini so‘radi…