23:54 / 24.12.2017
6 466

JARda ikki yuzli mushukcha tug’ildi

JARda ikki yuzli mushukcha tug’ildi
Janubiy Afrika Respublikasida tanasi huddi boshqa mushuklar kabi odatiy ko’rinishga ega bo’lgan, ammo yuzi ikkita mushukcha tug’ildi.

Mushuk bolasiga Bettie Bee deb nom berishgan.

Mushukchani qutqarib qolgan inson o’z ismi sir saqlanishini ma’qul ko’rgan bo’lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda sahifa ochib, unga g’aroyib mushukning suratlarini joylashtirmoqda. Uning so’zlariga ko’ra, mushukchaga taom berish uchun jonivorning har ikki og’zidan ovqatlantirish mumkin.

Xabarda aytilishicha, ko’plab uy hayvoni sohiblari va fermerlar bu kabi holatlarga duch kelib turishadi. Bunday holat boshqa jonivorlar olamida kamdan kam uchrasa-da, mushuklar orasida ikki yuzlilari bot-bot tug’iladi.

Mazkur holat sabab jonivorlar miyasi bilan bog’liq muammolar, shuningdek, taomlanish va nafas olishga oid qiyinchiliklar yuzaga keladi va ular odatda onasining qornida yoki tug’ilganidan so’ng ko’p yashamay vafot etadilar.

Mutaxassislar aynan shunday ko’rinishda tug’ilgan Betti o’zini yaxshi his qilayotgani, uning ulg’ayish va rivojlanishi bilan bog’liq muammolar yo’q ekanligini ma’lum qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JARda ikki yuzli mushukcha tug’ildi