07:51 / 25.12.2017
4 745

Gvatemala AQSh ortidan elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qildi

Gvatemala AQSh ortidan elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qildi
Gvatemala prezidenti Jimmi Morales 24 dekabrda mamlakatning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qilinganini ma’lum qildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

“Bugun Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan gaplashdim. Asosiy mavzulardan biri Gvatemala elchixonasining Al-Qudsga qaytarilishi bo‘ldi. Men tashqi ishlar vaziriga bu xususda tegishli harakatlarni boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdim”, deb yozgan Morales Facebook’dagi sahifasida.

AQSh prezidenti Donald Tramp dekabr oyi boshida Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olinishini e’lon qilib, AQShning Isroildagi elchixonasini u yerga ko‘chirish haqidagi qarorni imzolagan. Trampning bu qarori Isroilda ijobiy qabul qilingan, biroq qolgan ko‘plab davlatlarda salbiy munosabat uyg‘otgan.

BMT Bosh assambleyasi 21 dekabrda AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish qarorining tan olinmasligi haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Ovoz berish jarayonida hujjatni 128 davlat qo‘llab-quvvatlagan, 9 davlat, jumladan Gvatemala unga qarshi chiqqan, 35 davlat betaraf qolgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gvatemala AQSh ortidan elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qildi