14:14 / 25.12.2017
5 326

Qoyilmaqom hodisa! Homilador talaba tug’ruqxonadan turib barcha imtihonlarini a’lo darajada topshirdi

Qoyilmaqom hodisa! Homilador talaba tug’ruqxonadan turib barcha imtihonlarini a’lo darajada topshirdi
Jonson Kommyuniti kollejining psixologiya fakulteti talabasi bo’lmish Nayziya Tomas tug’ruqqa bir necha soat vaqt qolganda tug’ruqxonadan turib o’qishdagi imtihonlarini to’laligicha topshirdi va semestrni a’lo baholar bilan yopdi.

Xabarda aytilishicha, Nayziya farzandli bo’lguniga qadar sessiyani yopib olishga ulgurishni istagan va homiladorlikning 39 haftasiga qadar o’qishga qatnagan.

Harakatchan qiz homiladorlik paytida ham shunchaki bekorchilik bilan vaqt o’tkazmagan. Ushbu ajoyib pallada o’qish bilan mashg’ul bo’lgan Nayziya uch ishidan qutulib yuridik mahkamada assistentlik ham qilgan.

Xabarda aytilishicha, faol onaning farzandi mutlaqo sog’lom holatda tug’ildi va unga Entoni Jonson ismi berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoyilmaqom hodisa! Homilador talaba tug’ruqxonadan turib barcha imtihonlarini a’lo darajada topshirdi