17:10 / 25.12.2017
8 033

Bog’cha tarbiyachisi bolalarni issiq yelim bilan azoblagani uchun qamoqqa olindi

Bog’cha tarbiyachisi bolalarni issiq yelim bilan azoblagani uchun qamoqqa olindi
Chikagoda joylashgan bog’chalarning birida faoliyat olib boruvchi ikki nafar tarbiyachi bolalarning ustidan kulib, ularga shafqatsiz tarzda muomala qilganliklari uchun qamoqqa olindilar.

Xabar berilishicha, kuzatuv kameralariga 32 yoshli Lizandro Kosme 5 nafar bolakay tanasi issiq teрmoyelim yordamida kuydirgani va bu paytda uning hamkasbi 27 yoshli Syuzana Gonsales hodisani kuzatib, kulib turgani tushib qolgan.

Videoda 2 yoshli bolalar yelim qo’llariga quyilayotgan paytda qanday azob chekkanlari aks ettirilgan. Lizandraning advokati esa ushbu hodisa bolalarga ziyon yetkazmasligi va ayol 10 yillik faoliyati davomida biror marta janjallarga aralashmagani haqida ta’kidlamoqda.

Tekshirish ishlari natijasida tarbiyachi yelimni o’z uyidan Yangi yil loyihalari ustida ishlash uchun olib kelgani aniqlangan. Bo’lgan voqealarni esa 16 nafar bolakay kuzatib turgan.

Ayni paytda tarbiyachilarning har ikkisi ishdan bo’shatilgan va qamoqqa olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bog’cha tarbiyachisi bolalarni issiq yelim bilan azoblagani uchun qamoqqa olindi