11:29 / 26.12.2017
7 064

Afrikada 2 tumshuqli, 2 og‘izli va 3 ta ko‘zli mushukcha dunyoga keldi

Afrikada 2 tumshuqli, 2 og‘izli va 3 ta ko‘zli mushukcha dunyoga keldi
JARning Sharqiy Kap provinsiyasida 2 tumshuqli, 2 og‘izli va 3 ta ko‘zli mushukcha dunyoga keldi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Betti Bi laqabli mazkur mushukcha genetik nuqsoni tufayli ovqatlanishga qiynaladi. Veterinarlar vaqt o‘tgan sari uning ahvoli og‘irlasha borishi va o‘lishi haqida ogohlantirishdi. Mushukchaning egalari uni hayvonlar saqlanadigan maskanga topshirishga qaror qilishdi.

Facebook dagi postda ma’lum qilinishicha, u tug‘ilgandan keyin 12 kun o‘tgach, 227 grammga semirgan va ikki ko‘zi ochilgan. Bunday genetik nuqson diproziya, deb ataladi. U anomal genning faolligi bilan bog‘liq bo‘lib, tumshuqning kengligi bilan namoyon bo‘ladi. Mazkur nuqson bilan dunyoga kelgan hayvonlarning aksariyat qismi ko‘p yashamay nobud bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrikada 2 tumshuqli, 2 og‘izli va 3 ta ko‘zli mushukcha dunyoga keldi