15:15 / 26.12.2017
11 263

Vanga: 2018 yilda Xitoy eng ilg’or mamlakatga aйlanadi, Venerada esa energiyaning yangi shakli aniqlanadi!

Ванга: 2018 йилда Хитой энг илғор мамлакатга айланади, Венерада эса энергиянинг янги шакли аниқланади!
Mashhur bolgar bashoratchisi Vanga ko’plab bashoratlari to’g’ri chiqqanligi bilan tillarga tushgan. Uning 2018 yil uchun aytgan bashoratlari esa siz uchun ham qiziq bo’lsa kerak.

Xabarda aytilishicha, Vanga 2018 yilda Xitoyning eng ilg’or va kuchli mamlakatga aylanishi va yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlari bo’yicha AQSHni birinchilikdan siqib chiqarishi haqida aytib o’tgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, Vanga vafot etgan 1996 yili Xitoy yalpi ichki mahsulotga doir yetakchi ko’rsatkichlardan ancha uzoqda edi. O’sha paytlar mamlakat yalpi ichki mahsuloti ko’rsatkichi 734 mlrd dollar bo’lsa, 2017 yilga kelib ushbu ko’rsatkich 12 trln dollarga chiqib ketdi.

Shuningdek bashoratchi Venerada “Quvvatning yangi shakli” topilishi haqida ham aytib o’tgan.

Neft o’rnini bosa oluvchi yoqilgi topish istagi allaqachon olimlar tomonidan chetga surilgan masala. Ayni paytda esa bor e’tibor energiya manbalaridan oqilona foydalanishga qaratilgan. 2017 yilning mart oyida esa NASA kosmik agentligi va Rossiya Ilm-fan akademiyasi bilan 2020 yilda amalga oshiriluvchi “Venera-D” missiyasini muhokama qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vanga: 2018 yilda Xitoy eng ilg’or mamlakatga aйlanadi, Venerada esa energiyaning yangi shakli aniqlanadi!