25 dekabrda Reyunon oroli sohillari yaqinida, Hind okeanida nosoz qayiqda 7 oy bir o‘zi suzib yurgan polshalik sayyoh qutqarildi. Bu haqda Fransiyaning dengizlarda qutqarish jamiyati (SNSM) ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, 56 yoshli Zbignev Reket 20 may kuni Komor orollaridagi Samira shahridan Janubiy Afrika Respublikasining Durban shahri tomon suzib ketgan. Sayyohga portda topib olingan mushuk hamrohlik qilgan.
Sayohat davomida qayiqning dvigateli ishdan chiqqan, shundan keyin qayiq boshqaruvsiz qolib ketgan. “Men kemani boshqarolmay qoldim. Meni to‘lqinlar Somali, keyin Maldiv, Indoneziya, Mavrikiy va oxir-oqibat Reyunon sohillariga olib ketgan. Men quruqlikni ko‘p marta uchratdim, biroq u tomon borolmasdim”, deb eslamoqda sayyoh.
Sayyohda hech qanday aloqa vositasi bo‘lmagan. Bundan tashqari, u faqatgina bir oyga yetadigan oziq-ovqatga ega bo‘lgan. Yeguliklar tugagandan keyin, u baliq tutib, yomg‘ir suvini ichishiga to‘g‘ri kelgan.
Qutqaruvchilar qayiqni 25 dekabrda aniqlashgan. Sayyoh quruqlikka yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, u juda oriqlab ketgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?