10:48 / 29.12.2017
5 374

Turkmaniston prezidenti Qatar amiri bilan muzokaralar o‘tkazdi

Turkmaniston prezidenti Qatar amiri bilan muzokaralar o‘tkazdi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Al Taniy telefon orqali muloqotda Turkmaniston-Qatar munosabatlarining ustuvor masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda Turkmaniston rahbarining matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Davlatlararo muloqotning yuqori darajasidan qoniqish hosil qilgan holda, Turkmaniston va Qatar rahbari o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligini ta’kidladilar.

Qatar amiri va Turkmaniston prezidenti kelgusidagi bitimlar hamda rejalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘rib chiqdilar. Ular hamkorlikdagi muhim o‘rin savdo-iqtisodiy aloqalarga taalluqli ekanligini alohida ta’kidlagan holda, an’anaviy gumanitar va madaniy aloqalarning ahamiyatini qayd etib, ularni faollashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Telefon muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar. Shu nuqtai nazardan ikki davlatning nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro muvofiqlashtirilgan aloqalari davom etishi ta’kidlandi.i

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti Qatar amiri bilan muzokaralar o‘tkazdi