14:55 / 29.12.2017
4 300

KXDRda Kim Chen In buvisining tug’ilgan kuni ommaviy tarzda nishonlandi

KXDRda Kim Chen In buvisining tug’ilgan kuni ommaviy tarzda nishonlandi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In buvisi Kim Chen Sukning 100 yillik tug’ilgan kuni munosabati bilan katta bayram
uyushtirdi. Uning hotirasini yodga olish uchun minglab olamlar tantana hududiga yig’ildilar va ayol haykali poyiga gul qo’ydilar.

Kim Chen Suk KXDR asoschisi Kim Ir Senning birinchi rafiqasi va Kim Chen Irning onasi edi. Ayol Shimoliy Koreya
mustaqilligining asosiy tarafdorlaridan biri va kommunistik arbob ham bo’lgan. 1936 yili esa Хalq armiyasi safida xizmat qilgan.

1940 yilda Kim In Sen bilan turmush qurgan, 1949 yilning 22 sentyabrida, ya’ni 31 yoshida ko’zi yoriyotgan payt olamdan o’tgan.

Shimoliy Koreyada mamlakat rahbari buvisini “antiyapon urushi qahramoni, rahnamolarga sodiqlik namunasi va “revolyutsiya” onasi sifatida bilishadi.

Xabarda aytilishicha, ayol haykali qoshida yig’ilgan koreyaliklar uni ulug’lagancha qo’shib aytib, raqsga tushishgan.

Marosim so’ngida yuqori mansab amaldorlari ayol haykali poyiga gullar qo’yishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDRda Kim Chen In buvisining tug’ilgan kuni ommaviy tarzda nishonlandi