20:37 / 29.12.2017
4 702

Sobiq futbolchi Liberiya prezidenti etib saylandi

Sobiq futbolchi Liberiya prezidenti etib saylandi
1995 yilning eng yaxshi futbolchisi sifatida “Olin to’p” ga erishgan sportchi Jorj Vea Liberiyaning yangi prezidenti etib saylandi.

Xabarda aytilishicha, 51 yoshli siyosatchi prezidentlik saylovlarining ikkichi turidagi mamlakatning amaldagi vitse prezidenti Jozef Bokayadan 12 va 15-okruglarda o’zib ketgan.

Liberiya halq saylov komissiyasi saylovga tegishli aniq raqamlar va natiajalar barcha byulltenlar hisob-kitob qilingandan so’ng e’lon qilinishini aytgan.

“Men o’z oilam, do’stlarim va saylov kampaniyalari davomida menga ko’mak bergan barcha tarafdorlarimdan minnatdorman” deb yozadi Jorj Vea “Twitter”dagi sahifasida.

“Milan”, “Chelsi”, PSJ va “Manchester Siti” jamoalari tarkibida hujumchi sifatida to’p surgan futbolchi amaldagi prezident, Nobel mukofoti laureati Elen Jonson-Serlif o’rnini egallaydi.

Vea prezidentlik uchun 2005 yildagi saylovlarda ham ishtirok etgan va 40% ovoz bilan ikkinchi o’ringa munosib ko’rilgandi. Avvalgi saylov natijalariga ko’ra prezidentlik o’rnini Afrika tarixidagi ilk ayol rahbar Jonson-Serlif egallagan, Vea esa 2014 yilda Liberiya senati a’zosi sifatida saylangan.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq futbolchi Liberiya prezidenti etib saylandi