Ramzan Qodirovning Instagram va facebook dagi sahifalari yopib qo‘yilgani haqida xabar bergan edik. Checheniston rahbari endi boshqa ijtimoiy tarmoq “Mylistory”ga o‘tganini e’lon qildi.
Ramzan Qodirovning sahifalari 23 dekabr kuni kechqurun bloklangan edi . Bir necha kun avval esa u AQShning magnit ro‘yxatiga tushgan. Shundan so‘ng Checheniston rahbari AQShga videomurojaat yo‘llagan. Natijada esa AQSh bu videomurojaatga javoban Ramzan Qodirovning instagram va facebook dagi akkauntlarini o‘chirib yubordi. Qodirovning o‘zi esa ushbu vaziyatga hukumatning buyrug‘i bilan uyushtirilgan “ablahona kiberhujum” deya baho berdi. Bu haqida medusa xabar bermoqda
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi dastur Instagramning eski versiyasining ayni nusxasidir. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra ijtimoiy tarmoq «Chechenistonda sinov bosqichida turibdi va chet mamlakatlarnikidan kam emas.
«Endi barcha muhim yangiliklarni foto va videolari bilan ushbu dasturga joylab boraman», — deya ma’lum qilgan Checheniston rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi