21:29 / 01.01.2018
6 025

«Eronda o‘zgarishlar davri keldi!»

«Eronda o‘zgarishlar davri keldi!»
AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni muvaffaqiyatga erishgan davlat deb hisoblamasligi va bu davlatda o‘zgarishlar vaqti kelganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

«Eron barcha sohada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu davlat AQSh bilan kelishuvga erishganiga qaramasdan (Obama davridagi atom bo‘yicha kelishuv - tahr.) omadsizlikka yuz tutdi. Buyuk Eron xalqi ko‘p yillar davomida repressiya ostida yashadi. Eronliklar ovqat va ozodlik istaydi. Eron xalqi talon-taroj qilindi, inson huquqlari buzildi.

Endi esa o‘zgarishlar davri keldi!», deb yozgan Tramp o‘z tvitterida.

Tramp bunga qadar ham Eron bilan yadroviy kelishuvni ko‘p marta qoralagan. Kelishuvga ko‘ra, «oltilik» davlatlari Eron yadroviy dasturida ayrim cheklovlar qilishi evaziga bu davlatga qo‘llangan bir qator xalqaro sanksiyalarni bekor qilgan.

Keyingi kunlarda Eronda diniy hokimiyatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ayni vaqtga kelib politsiya bilan to‘qnashuvlar vaqtida 12 kishi halok bo‘ldi. Namoyishchilar mamlakatdagi iqtisodiy muammolarda noto‘g‘ri tashqi siyosat olib borayotgan hukumatni ayblamoqda.

Yakshanba kuni Tramp Erondagi norozilik aksiyalari Tehron terrorizmni qo‘llash uchun katta mablag‘lar sarflayotgani tufayli ichki hayot og‘ir ahvolga tushib qolgani ortidan kelib chiqqanini aytgandi. Shu kuni u Eron hukumatiga murojaat qilib, rasmiy Tehronni fuqarolarning huquqlarini tan olishga chaqirgandi. O‘z navbatida Eron Tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidentining chiqishini «asossiz ravishda namoyishlarni qo‘llab-quvvatlash» deya baholagandi.

2015 yilning iyulida Eron va 5 davlat - AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya ishtirokida Eronning yadroviy dasturi faqat tinch maqsadlarda saqlab qolinishi bo‘yicha kelishuv tuzilgandi. Unga ko‘ra, Erondan bir qator xalqaro sanksiyalar yechilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Eronda o‘zgarishlar davri keldi!»