09:22 / 02.01.2018
5 599

60 yil davomida bir-biriga yo’ldosh bo’lgan do’stlar tug’ishgan aka-ukalar bo’lib chiqishdi

60 yil davomida bir-biriga yo’ldosh bo’lgan do’stlar tug’ishgan aka-ukalar bo’lib chiqishdi
Alan Robinson va Uolter Makfarleynlar Oaxu gavay orollarida dunyoga kelishgan va maktab yillarida tanishib, do’stlashib qolishgan. Shundan buyon ular ajralmas do’stlik aloqalarini saqlab kelishdi.

Alan chaqaloqlik paytida oilasi tomonidan asrab olingan, asl onasi haqida esa biror narsa bilmasdi. Uning kichik ukasi esa 19 yoshida vafot etgan. Uolter esa otasi haqida hech narsa bilmagan, uni onasining bir o’zi katta qilgan edi.

Do’stlar o’z qarindoshlarini izlashga kirishib, ularning har ikkisi ham DNK tekshiruvlari yordamida qarindoshlarni aniqlab beruvchi xizmat turiga murojaat qilishdi. Natijalar esa do’stlarning onasi bir ayol ekanligini ko’rsatdi.

“Bu ajoyib yangilik edi. Men haligacha o’z tuyg’ularimning tinchlanishi uchun qancha vaqt kerak bo’lganini bilmayman. Akamni topish – hayotimda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng yaxshi narsa” deydi Alan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 60 yil davomida bir-biriga yo’ldosh bo’lgan do’stlar tug’ishgan aka-ukalar bo’lib chiqishdi