10:47 / 02.01.2018
9 350

Uyg’ur qizi go’zallik bobida gollivud yulduzlarini ham ortda qoldirdi

Уйғур қизи гўзаллик бобида голливуд юлдузларини ҳам ортда қолдирди
25 yoshli uyg’ur qizi, aktrisa va model Dilrabo Dilmurat 2017 yildagi “Eng chiroyli 100 ayol” reytingining 26-pog’onasidan o’rin egalladi.

Xabarda aytilishicha, Dilrabo Kira Naytli, Natali Portman va Kara Delevin kabi dunyo tan olgan go’zallardan ham o’zib ketishga muvaffaq bo’lgan.

Qiz Xitoyning Urumchi shahrida dunyoga kelgan.

Dilrabonning aktrisalik faoliyati 2012 yildan boshlangan bo’lib, ilk bor “So’nggi kechki ovqat” filmida suratga tushgan. 2013 yilda esa “Anarxan” televizion dramasidagi bosh rollardan birini ijro etgan.

Urumchilik go’zal bir nechta teleasar va seriallarda rol ijro etishdan tashqari 3 ta albom chiqargan va ko’plab mukofotlar sohibasiga aylangan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uyg’ur qizi go’zallik bobida gollivud yulduzlarini ham ortda qoldirdi