15:48 / 02.01.2018
13 708

AQSHlik egizaklar turli yillarda dunyoga kelishdi

AQSHlik egizaklar turli yillarda dunyoga kelishdi
Kaliforniyalik ayol o’z egizak farzandlarini 20 daqiqalik farq bilan, ammo turli oylar va turli yillarda dunyoga keltirdi.

Xabarda aytilishicha, chaqaloqlar Xoakin va Aitana de Xesus Ontiveroslar Delano shifoxonasiga dunyoga kelishgan. Birinchi bolakay mahalliy vaqt bilan 31 dekabr kuni 23:58 da yorug’ olamga kelgan bo’lsa, uning egizak singlisi 20 daqiqaga akasidan “kech qolib”, 2018 yilning 1 yanvar kuni, soat 00:16 da tavallud topgan.

Chaqaloqlarning ota-onasi Xoakin va Mariyalar Erlimat shahrida istiqomat qilishadi. Ularning egizaklardan tashqari yana uch nafar qizaloqlari bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHlik egizaklar turli yillarda dunyoga kelishdi