23:30 / 02.01.2018
5 459

Davlat rahbarlari qishki ta’tilni qayerda o‘tkazmoqda?

Davlat rahbarlari qishki ta’tilni qayerda o‘tkazmoqda?
Davlat rahbarlari, siyosatchi va amaldorlar ham dam oladimi? Quyidagi tasnifda dunyoning yetakchi davlat rahbarlari qishki ta’tilni qanday o‘tkazishi haqida bayon qilinadi.

Qishki ta’tilni qor yog‘maydigan Floridada o‘tkazayotgan Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining ko‘p yillik odatlariga sodiq qolib, qishki bayramlarni quyoshli Florida shtatida joylashgan Palm-Bich sohilbo‘yi kurort zonasida kutib oldi. Bu yerda prezidentning Mar-a-Lago nomli rezidensiyasi bo‘lib, keng golf maydonchasiga ega.

Bu yil Donald Tramp va uning ayoli birinchi marta davlat rahbari hamda birinchi xonim sifatida bayramni Mar-a-Lagoda o‘tkazmoqda. Shu tufayli, rezidensiyaga tashrif buyurish aql-bovar qilmas darajada murakkab vazifaga aylandi. Mushkulotga sabab bo‘lgan omil narx-navoning kosmik darajada baland ekanligidan tashqari, prezident Donald Tramp aynan shu joyda qishki ta’tilni o‘tkazmoqchi bo‘lganidadir.

Ma’lumot uchun, Mar-a-Lago klubi haqiqiy a’zoligiga kirish uchun birinchi majburiy badalning o‘zi 200 ming AQSh dollari qiymatida belgilangan. Bir marta kirish uchun 700 AQSh dollari, yiliga esa 15 ming AQSh dollari to‘lash kerak. Xullas, AQSh prezidentini qishki ta’tilda Floridaning qimmatbaho golf klubidan topish mumkin.

Haqiqiy nemischa xarakterga xos harakat
Germaniya kansleri Angela Merkel xonim turmush o‘rtog‘i bilan Alp tog‘larida dam olishni ma’qul ko‘radi. Bu OAV va jamoatchilik uchun yangilik emas, negaki, u bir necha o‘n yildan buyon qishki ta’tilni Shveysariya tog‘larida o‘tkazishni xush ko‘radi. Aytgancha, 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Merkel xonim faqat Germina brendidagi tog‘ chang‘isidan foydalangan.

Norfolk qasridagi qirollik oilasi
Buyuk Britaniyada ham ajoyib an’anaga uzoq yillar davomida shakllanib bormoqda: qirolicha Yelizaveta II turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp bilan qishki ta’tilni maroqli o‘tkazish uchun Sandrigemdagi Norfolk qasriga yo‘l olgan. Ushbu qasr qirolichaning shaxsiy mol-mulki hisoblanadi.

Rojdestvo kuni oilaning barcha yaqin a’zolari Norfolkda jam bo‘ladi. Ertalabki nonushtadan so‘ng, Yelizaveta II Muqaddas Mariya Magdalina cherkoviga tashrif buyurib, xalqqa murojaatnomasini o‘qib eshittiradi.

Bayram kunlari uyali aloqa vositalari o‘chirilmasin!
21 dekabr kuni o‘zining 40 yoshini keng nishonlagan fransuz yetakchisi Rojdestvo va Yangi yil kunlari, undan keyingi kunlarda ham ishga yaqin bo‘lishni xush ko‘rmoqda. Qo‘l ostidagi Vazirlar Mahkamasi a’zolariga ham qo‘l telefonlarini faol bo‘lishini so‘ragan.

Yelisey saroyida yozilgan tantanali dasturxondan so‘ng, prezident va uning rafiqasi Brijit Le Tuke shahriga yo‘l oldi. Ayni maskan Fransiyadagi eng qimmat va nufuzli kurort zonalardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Kanada Bosh vaziri har doimgidek «o‘z repertuarida»
O‘tgan yili milliarder musulmon Og‘a-xon taklifi bilan Bagam orollaridagi shaxsiy mol-mulkda dam olishga qaror qilgan Kanada Bosh vaziri Jastin Tryudo bu gal oddiylikni ma’qul ko‘rdi. Gap shundaki, Manfaatlar to‘qnashuvi va etika masalalari bo‘yicha komissar Meri Douson Tryudoni lavozimini egallab turgan paytda mansabini suiiste’mol qilishda ayblagan edi. Uning fikricha, shaxsiy takliflar Kanada Bosh vazirining kelgusi qarorlariga ta’sir o‘tkazadi.

Bu yil esa Ottavadan uzoq bo‘lmagan hukumat qarorgohida dam olishni ma’qul ko‘rgan Jastin Tryudo oilasi bilan birga qishki ta’tilni o‘tkazmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Davlat rahbarlari qishki ta’tilni qayerda o‘tkazmoqda?