12:00 / 05.01.2018
7 020

Ukraina Rossiyaga “Alvido” dedi...

Ukraina Rossiyaga “Alvido” dedi...
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko mamlakat 2017 yilda qo‘lga kiritgan yutuqlarni sanab o‘tdi. Bu yutuqlarni gapirayotganda Poroshenko Ukraina fuqarolariga Yevroittifoq hududiga vizasiz kirishga ruxsat berganini alohida ta’kidlab, Rossiya bilan yana bir marta “vidolashdi”.

Poroshenko o‘zining Tvitter sahifasida, “Bizning birgalikda o‘tgan yilda qo‘lga kiritgan muhim g‘alabamiz Yevroittifoq davlatlari bilan vizasiz bordi-keldi qilish tizimiga o‘tganimizdir. Bu bilan Ukraina Rossiya va sobiq ittifoq imperiyasiga “alvido” dedi”, deb yozgan.

Bu uning Rossiya bilan birinchi marta “vidolashishi” emas. O‘tgan yilning may oyida, Yevroittifoq vazirlar Kengashi ukrainaliklarga vizasiz kirishga ruxsat berishni qo‘llab-quvvatlaganida, keyinchalik iyun oyida ham aynan shu iborani so‘zma-so‘z takrorlagan hamda rossiyalik shoir Mixail Lermontovning Rossiya to‘g‘risida she’ridan iqtibos keltirgan edi.

Bunga javoban, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Poroshenkoni rus adabiyotini yaxshi biladi, deb maqtagan va yevropaning “moviy mundirlari”dan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan edi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiyaga “Alvido” dedi...