12:36 / 05.01.2018
5 073

Shimol va Janub oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazishga rozi bo‘ldi

Shimol va Janub oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazishga rozi bo‘ldi
Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya keyingi haftada muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda Janubiy Koreyaning milliy birlashuv ishlari vazirligi ma’lum qildi.

Vazirlik vakili Pek Txe Xyonning aytishicha, 5 yanvarda Pxenyan 9 yanvarda muzokaralarga o‘z delegatsiyasini yuborishi haqida telefonogrammani jo‘natgan. Muzokaralar qurolsizlashtirilgan hududning janubiy qismidagi muzokaralar punkti Pxanmundjomda bo‘lib o‘tadi.

Muzokaralarda muhokama qilinadigan asosiy masalalar ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari, jumladan Pyongchangdagi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlik bo‘ladi. Agar ikki tomon kelishuvga erishsa, uni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bilan muhokama qilishi kerak bo‘ladi.

Ikki davlat o‘rtasida oxirgi marta oliy darajadagi muzokaralar 2015 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan.

3 yanvarda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan va Seul o‘rtasida anchadan beri ishlamayotgan “qaynoq liniya”ni ochishga buyruq bergandi. O‘sha kunning o‘zida Shimol va Janub vakillari aloqa kanalini tiklash bo‘yicha telefon muloqoti o‘tkazishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimol va Janub oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazishga rozi bo‘ldi