16:04 / 06.01.2018
5 018

Olmotalik ayol 3 yoshli o’g’lini begona ayolga qoldirib g’oyib bo’ldi

 Олмоталик аёл 3 ёшли ўғлини бегона аёлга қолдириб ғойиб бўлди
Olmotalik ayol 2 oy avval yaxshi tanish bo’lmagan bir ayoldan 3 yoshli o’g’liga qarab turishini iltimos qilib, o’zi g’oyib bo’lgan.

Shundan keyin esa bolakay voyaga yetmaganlar adaptatsiya markaziga olib kelingan.

Markaz rahbari so’zlariga qaraganda bolakay bu yerda yana 3 oygacha qolishi mumkin. Agar bu vaqt ichida uning biror qarindoshi paydo bo’lmasa, kichkintoyni bolalar uyiga topshirib yuborishadi.

Xabarda aytilishicha, rahbar bolakayning hotijam, yaxshi parvarishlangan holatda ekanligi va onasi haqida deyarli hech narsa yodga olmagani haqida qo’shimcha qilgan.

Ayni vaqtda politsiya bedarak yo’qolgan onani izlash bilan shug’ullanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olmotalik ayol 3 yoshli o’g’lini begona ayolga qoldirib g’oyib bo’ldi