17:07 / 06.01.2018
6 593

Quvaytda muxlislar joylashgan tribuna qulab tushdi (Video)

Quvaytda muxlislar joylashgan tribuna qulab tushdi (Video)
Kecha, 5 yanvar kuni Quvaytda Ummon va Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoalari o‘rtasida Fors ko‘rfazi kubogining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

O‘yin yakunlangandan so‘ng, Ummon terma jamoasi muxlislari g‘alabani nishonlash vaqtida stadion tribunalarining birini buzib yuborishdi.

Natijada, 30 ga yaqin kishi to‘planib turgan odamlarning ustiga yiqilib tushishgan.

Ammo, hodisa oqibatida hech kim jiddiy talofat ko‘rmagan. Yengil tan jarohati olgan jabrlanuvchilar o‘z vaqtida shifoxonaga yetkazilgan.

Ma’lumot uchun, Ummon terma jamoasi penaltilar seriyasida BAAni 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi marta Fors ko‘rfazi kubogini qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quvaytda muxlislar joylashgan tribuna qulab tushdi (Video)