22:48 / 06.01.2018
5 768

Floridada sovuq havo sababli iguana kaltakesaklari “tarashadek qotmoqda”

Floridada sovuq havo sababli iguana kaltakesaklari “tarashadek qotmoqda”
Florida shtati aholisi iguana kaltakesaklari “yomg‘iri”ni kuzatishmoqda. Gap shundaki, kaltakesaklar sovuq havodan muzlab, uyquga ketib, daraxt va boshqa ob’ektlar ustidan “tap-tap” yerga tushmoqda.

Chala jon va “tarashadek qotgan” iguanalarni ular isinib, o‘ziga kelishi uchun issiq joylarga joylashtirish taklif qilingan. Biroq ekologlar ularni bunday tarzda jonlashtirishni tavsiya qilishmayapti. Ularning aytishicha, kaltakesaklarga tegmaslik kerak, ular havo isishi bilan yana o‘ziga keladi. Yo‘qsa issiq joylarga olib kirilgan kaltakesaklar o‘ziga kelganda tajovuzkorlik namoyish qilib, odamlarni tishlab olishi mumkin.

Hozirda Floridaning Mayami shahrida havo harorati 5 gradus iliqni tashkil qilmoqda. Sovuq havodan nafaqat iguanalar, balki dengiz toshbaqalari ham aziyat chekmoqda. Biologlar Atlantikaning muzdek suvi sirtida sovuqdan uyquga ketib, o‘z holicha suzib yurgan bir necha o‘nlab toshbaqalarni qutqarib olishgan.

Ob-havo mutaxassislari qor bo‘ronlari va sovuq haroratlar davom etishini aytishmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floridada sovuq havo sababli iguana kaltakesaklari “tarashadek qotmoqda”