13:57 / 07.01.2018
9 554

Qovurilgan baliq birdan jonlanib ketdi (video)

Qovurilgan baliq birdan jonlanib ketdi (video)
Internetda qovurilgan baliqning birdan jonlanib ketgani videosi ommalashmoqda. Video The AIO Entertainment’ning YouTube-kanalida joylashtirilgan.

Voqea esa Xitoyning Xunan viloyatida, mahalliy kompaniyaning bazmida yuz bergan. Videoda patnisda tortiq qilingan, ichak-chavoqlaridan tozalangan va frityurda qovurilgan baliq birdan qimirlay boshlaganini ko‘rish mumkin.

The Independent’ning ma’lum qilishicha, video internetda bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Ba’zilar baliqning joni uzilmaganini, boshqalar esa u yaxshilab qovurilmaganini taxmin qilishgan.

Nashr taxminiga ko‘ra esa baliqlarning miyasi va yuragi o‘lgandan keyin ham ularning mushaklaridagi hujayralar ba’zi narsalarga ta’sirchan bo‘lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qovurilgan baliq birdan jonlanib ketdi (video)