08:41 / 08.01.2018
7 199

Bemor chaqaloq yuzini ming kuyga solib, uning ustidan kulgan hamshiralar ishdan haydaldi

Bemor chaqaloq yuzini ming kuyga solib, uning ustidan kulgan hamshiralar ishdan haydaldi
Saudiya Arabistonidagi shifoxonalarning birida faoliyat olib borayotgan hamshiralar kasallangan chaqaloqning ustidan kulib, uni videoga olgancha, rolikni internetga joyladilar.

Video tarqalishi bilan esa hamshiralar o’z ishlari bilan xayrlashishdi.

Xabar berilishicha, chaqaloq kasalxonaga xavfli infeksiya sabab tushib qolgan.

Videodagi hamshira chaqaloqning yuzni siqib uni turli qiyofalarga kiritib o’ynayotgani, qolgan hamshiralarga ham ushbu “o’yin” yoqib tushgani tasvirlangan.

Videodagi chaqaloqning ota-onasi o’z farzandlari ishtirokidagi “o’yin”ni ko’rganlaridan so’ng ushbu hodisa katta janjalga aylanib ketdi.

Mamlakatning sog’liqni saqlash boshqarmasi esa hamshiralarning shaxsi aniqlangani va ishdan haydalgani haqida aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bemor chaqaloq yuzini ming kuyga solib, uning ustidan kulgan hamshiralar ishdan haydaldi