12:00 / 08.01.2018
5 259

Tramp o’zini Reygan bilan taqqosladi

 Трамп ўзини Рейган билан таққослади
AQSH prezidenti Donald Tramp yong’ondakam yangiliklar va soxta mazmundagi kitoblar bilan murosa qilishga majbur ekanligi, ammo ularga nisbatan qarshilikni ushlab turishi va buni AQSHning 40-prezidenti Ronald Reygan kabi amalga oshirishi haqida ma’lum qildi.

Bu haqida u o’zining Twitterdagi sahifasi orqali aytib o’tgan.

“Men prezidentlik uchun saylovlarda qatnashishim haqida e’lon qilgan ilk kunimdan boshlab yolg’on yangiliklar bilan murosa qilishimga to’g’ri keldi. Endilikda obro’siz muallif tomonidan yozilgan qalbaki kitob bilan murosa qilishga to’g’ri kelyapti. Ronald Reyganda ham huddi shunday muammo bo’lgan va u bu muammolarni yenga olgan. Menda ham shunday bo’ladi!” deb yozadi Tramp.

Eslatib o’tamiz, jurnalist Maykl Vulf tomonidan yozilgan “Alanga va g’azab: Trampning Oq uyida” kitobi o’z muddatidan 4 kun avval sotuvga chiqdi. Tramp esa kitobdagi ma’lumotlarni yolg’on ekanligini aytish bilan birga jurnalist va kitobni chop etgan nashriyotni sudga berishi haqida ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp o’zini Reygan bilan taqqosladi