20:51 / 09.01.2018
10 000

Braziliyalik ayol o‘limidan 123 kun o‘tgach, sog‘lom egizaklarni dunyoga keltirdi… (FOTO+VIDEO)

Braziliyalik ayol o‘limidan 123 kun o‘tgach, sog‘lom egizaklarni dunyoga keltirdi… (FOTO+VIDEO)
Braziliyalik Myuriel Padila ismli yigit ertalab ishga ketayotgandi. Rafiqasi qo‘ng‘iroq qildi. Frankilena ismli 21 yoshli bu ayol homilador edi. Boshi qattiq og‘riy boshlaganini aytdi. Eri dori ichishni maslahat berdi. Ammo Frankilena og‘riq juda kuchliligini, hushdan ketish holatiga tusha boshlaganini bayon qildi. Myuriel ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

Uyga kelgach, ko‘rdiki, xotini juda jiddiy ahvolda qolibdi. Ikki yashar qizalog‘ini buvisiga qoldirdi-yu, Frankilenani kasalxonaga olib ketdi. Yo‘lda Frankilena uyga qaytmasligini, egizak farzandlar tug‘ilishini, ularni ehtiyot qilishni tayinladi. Keyin esa hushidan ketdi.
Vrachlar ayolni atroflicha tekshiruvdan o‘tkazgach, haqiqatan miyasiga qon quyilganini aytishdi va Frankilena yashab keta olmasligini ta’kidlashdi.

Unga jon berishga qiynalmasligi uchun og‘riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi, antibiotiklar berishdi. Tez orada Frankilena olamdan o‘tdi.
— Men tamom bo‘lgandim, — deydi Myuriel. — Chunki vrachlar tug‘ilmagan bolalarim ham yashab ketmasligini aytishgandi. Chaqaloqlarning yuragi urishdan to‘xtashi bilan xotinimga ulangan vaqtinchalik hayot bag‘ishlovchi uskuna uzib qo‘yilishini gapirishgandi.

MO‘’JIZA
Qarangki, miya yuz foiz o‘lganligiga qaramay, Frankilenaning tanasi homilani qo‘llab-quvvatlashda davom etdi. Bu haqiqiy mo‘’jiza edi. Mutaxassislar aytishdiki, xuddi shu kabi hodisalar dunyo bo‘yicha nari borsa 2 foizni tashkil etadi, ammo uzoqqa cho‘zilmas ekan. Ayniqsa, Frankilenaning egizaklari hali tug‘ilish pallasigacha yetmagandi. Bunday bolalarning tirik qolishi dargumon hisoblanardi.

Ahvolni to‘liq tahlil etib chiqqan vrachlar egizaklar hayotini qanday bo‘lmasin saqlab qolish harakatiga tushishdi. Palatani turli o‘yinchoqlar, gullar bilan bezab chiqishdi. Yoqimli musiqalar qo‘yishdi. Shu bahona bolalar to‘liq rivojlanishiga, natijada dunyoga kelishiga umid bog‘lashdi. Myuriel tamom bo‘layozgandi. Xotinidan ayrilgani yetmay, tug‘ilmagan farzandlarini ham ko‘ra olmasligini o‘ylagani sayin ich-etini yerdi. Shunga qaramay, xudoga nola qilar, hech bo‘lmasa, farzandlarini saqlab qolishini tilardi…

O‘LIB HAM BOLALARIGA HAYoT BERA OLGAN ONA
Kunlarning birida tushiga Frankilena kiribdi.
— Men hozir ajoyib bir manzildaman, — debdi u. — Sening zimmangda jiddiy vazifa turibdi. Egizaklarimiz tug‘ilgach, ularni tashlab qo‘yma, o‘zing tarbiya qil, mehr ber!..

Bu tush Myurielga kuch bag‘ishladi. Kunlar o‘taverdi. U farzandlari tug‘ilishidan umid uzmadi. Kutaverdi. Nihoyat o‘sha baxtli kun yaqinlashdi. Xotini o‘lgandan so‘ng 123 kun o‘tgach, vrachlar jarrohlik amaliyoti yordamida bir qiz, bir o‘g‘il egizak farzandlarini dunyoga keltirishdi. Frankilenaning jasadini qo‘liga topshirishdi. Myuriel marhumani barcha urf-odatlarga amal qilgan holda munosib dafn etdi. O‘zi esa…

Bunday mo‘’jizaga sira ishongisi kelmasdi. Tush ko‘ryapman deb o‘ylardi. Ammo bo‘lib o‘tgan hodisalar tush emas, haqiqat edi. Egizaklarini uch oydan keyin bag‘riga bosgancha uyiga olib keldi. Marhamat ko‘rsatgani uchun Yaratganga qayta-qayta shukronalar aytdi. Marhumaning qabriga borib, minnatdorchilik bildirishdan, yig‘lab, kuyinib, egizaklari haqida so‘zlashdan tiyila olmadi.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyalik ayol o‘limidan 123 kun o‘tgach, sog‘lom egizaklarni dunyoga keltirdi… (FOTO+VIDEO)