23:59 / 10.01.2018
6 861

Rossiyalik 3 yoshli bolakay kasalxona ostonasida vafot etdi

Rossiyalik 3 yoshli bolakay kasalxona ostonasida vafot etdi
Rossiyaning Ijevsk shahridagi kasalxonalarning birida pediatr qabuliga kelayotgan chog’ida vafot etgan ikki yoshli bolakay o’limi yuzasidan tekshirish ishlari boshlab yuborildi.

Xabarda aytilishicha, bolaning tana harorati ko’tarilib, 30 dekabrdan buyon yo’tal holati kechgan. Shundan so’ng ota-ona ikki bora shahar kasaxonasiga murojaat qilishgan, ammo shifokorlarning tavsiyalari ish bermagan.

Bemor bolakayning onasi uni prediatr qabuliga uchinchi bor olib kelgan. Bola kasalxonaga kirib kelishda o’zini yomon his qila boshlagan, hududga tez tibbiy yordam xizmati guruhi chaqirilgan. Ammo bolani saqlab qolish uchun amalga oshirilgan tadbirlar natija bermadi va bemor hayot bilan vidolashdi.

Ayni paytda hodisa tafsilotlari o’rganilmoqda. O’lim sababi esa pnevmoniya deb tahmin qilinyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik 3 yoshli bolakay kasalxona ostonasida vafot etdi