01:02 / 11.01.2018
6 148

Ikki yoshli bolakay poezd sabab oyog’idan ayrildi, shifokorlar esa uning uchun tibbiyot tarixidagi eng og’ir operatsiyalardan birini o’tkazdilar

Ikki yoshli bolakay poezd sabab oyog’idan ayrildi, shifokorlar esa uning uchun tibbiyot tarixidagi eng og’ir operatsiyalardan birini o’tkazdilar Hindistonning Kartankisidan bo’lgan Muhammad Solih onasini hayotdan olib ketgan dahshatli temir yo’l halokati sabab ikki oyog’idan ayrildi. Ayol bolani ko’tarib olgancha yo’lni yugurib kesib o’tishga harakat qilgan va natijada katta halokat sodir bo’lgan edi. Bolakay vafot etgan onasi yonidan qonga belangan holatda topilgan. Halokat guvohlari va temir yo’l stantsiyasi xodimlari o’zlarini yo’qotib qo’ymagan holda bolaning kesilgan jarohatlariga muz bosishgan. Birinchi yordam ko’rsatilgach esa Muhammad Kerala shtatidagi kasalxonaga olib kelingan. Shifokorlar bolakayning kim ekanligini mutlaqo bilishmas, uning otasi kim ekanligini aniqlab, muolajalar jarayonida uning ham qatnashishini ta’minlash uchun vaqt yetishmasdi. Shu tariqa Muhammad bilan bog’liq juda og’ir operatsiya o’tkazildi va uning ikki oyog’ini ham saqlab qolishga erishildi. Bu hind tibbiyoti tarixidagi ilk oyoqlar ulanishi operatsiyasi bo’ldi. OAVda paydo bo’lgan halokat xabarlaridan so’ng bolani izlab bobosi va buvi topib kelishdi. Muhammad bu turdagi operatsiyani boshdan kechirgan dunyodagi eng kichik bemorga aylandi. Oradan 8 oy o’tib, bolakayning oyoqlari o’z holiga qaytdi va nafaqat yurish, balki yugura oladigan darajaga ham yetdi. Kichik bemorning oyoqlarida bunday operatsiyalardan so’ng kamdan kam hollarda kuzatiluvchi teri sezuvchanligi ham qayta tiklandi va u o’z oyoqlari bilan shifoxonaga yurib kelgancha bunday tuhfa uchun shifokorlarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ikki yoshli bolakay poezd sabab oyog’idan ayrildi, shifokorlar esa uning uchun tibbiyot tarixidagi eng og’ir operatsiyalardan birini o’tkazdilar