22:11 / 11.01.2018
6 133

Turkiyada Rossiya elchisi o‘ldirilishining «asosiy tashkilotchisi» hibsga olindi

Turkiyada Rossiya elchisi o‘ldirilishining «asosiy tashkilotchisi» hibsga olindi
Turkiya politsiyasi FETO bilan bog‘liq shaxsni Rossiya elchisi Andrey Karlovni o‘ldirishda gumon qilib, hibsga oldi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Gumonlanuvchi Turkiyada taqiqlangan tashkilotga aloqadorligi uchun qo‘lga olingandi. Endi uning elchini o‘ldirishni tashkillashda «asosiy rol» o‘ynagani bildirilmoqda.

Mazkur shaxs Turkiyada 2016 yil yozidagi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng davlat sektoridagi ishidan bo‘shatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiyada Andrey Karlov o‘ldirilgan ko‘rgazma tashkilotchisi qo‘lga olingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada Rossiya elchisi o‘ldirilishining «asosiy tashkilotchisi» hibsga olindi