11:02 / 12.01.2018
5 823

Tramp Kim Chen In bilan munosabatlari bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi

Tramp Kim Chen In bilan munosabatlari bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, unda KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan «juda yaxshi» munosabatlar bor. Bu haqda u The Wall Street Journal’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Menda Kim Chen In bilan juda yaxshi munosabatlar bor... Men odamlar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yaman. O‘ylashimcha, siz hayratda qoldingiz», - deya ma’lum qildi Tramp.

Biroq, u Shimoliy Koreya yetakchisi bilan suhbat qurganiga oydinlik kirituvchi savolga javob berishdan bosh tortdi.

«Men bunga izoh bermayman. Men bo‘lgan yoki bo‘lmagan, demayapman. Shunchaki izoh berishni xohlamayman», - deya aytib o‘tdi Tramp.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Kim Chen In bilan munosabatlari bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi