AQShning Kubadagi Guantanamo bazasida saqlanuvchi mahbuslar Donald Tramp ma’muriyatini AQSh konstitutsiyasi va qonunlarini buzishda ayblashdi.
Mahbuslarning noroziligiga Trampning ularni ozod qilish bo‘yicha jarayonni to‘xtatish qarori sabab bo‘lgan. Shu sababli mahbuslar Vashington okrug sudiga jamoaviy da’vo arizasi berishgan.
AQSh kongressi tomondan 2001 yilda qabul qilingan, xorijda harbiy kuchni qo‘llash haqidagi qonun jinoiy faoliyatga aloqadorlarni harbiylar tomondan hibsga olinishi muddatini cheklaydi. Qonuniy asossiz hibsga olish taqiqlanadi.
Mahbuslarning advokatlari ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati Guantanamo mahbuslarini hibsga olish muddatini “cheksiz cho‘zishga” harakat qilmoqda, bu esa AQSh konstitutsiyasining buzilishi hisoblanadi.
Bugungi kunda Guantanamo qamog‘ida 41 mahbus ushlab turilibdi. Tramp AQSh prezidenti etib saylangandan keyin AQSh ma’muriyati mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha birorta tavsiyani ma’qullamagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi