08:03 / 14.01.2018
20 877

AQShda muzlab qolgan timsohlar o‘ziga kela boshladi

AQShda muzlab qolgan timsohlar o‘ziga kela boshladi
AQShning Shimoliy Karolina shtatida anomal sovuqlar sababli muzlab qolgan timsohlar o‘ziga kela boshladi.

Avvalroq internetda Shalotte River Swamp milliy bog‘idagi hovuzda muzlab qolgan timsohlar videosi paydo bo‘lgandi. Milliy bog‘da suratga olingan yangi videoda timsohlar majburiy uyqudan keyin yana o‘ziga kelib, jonlana boshlaganini ko‘rish mumkin.

Bog‘ rahbari Jorj Xovardning ta’kidlashicha, timsohlar o‘z tanalari haroratini o‘zgartirib va moddalar almashinuvini sekinlashtirib, muhit sharoitlariga moslasha oladilar. Ob-havo maqbul haroratga kelgandan keyin timsohlar odatiy hayot kechirishga qaytadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShda muzlab qolgan timsohlar o‘ziga kela boshladi