17:30 / 16.01.2018
5 648

Gruziya prezidenti uchinchi bor ota bo’ldi

Грузия президенти учинчи бор ота бўлди
Gruziya perzidenti Georgiy Margvelashvili uchinchi bor ota bo’lish baxtiga erishdi. Prezident ma’muriyati chaqaloqning 2950 gramm og’irlik bilan kecha Tbilisida dunyoga kelgani haqida ma’lum qilgan.

Prezidentning o’zi bu haqida Facebook orqali “Toma Margvelashvili dunyoga keldi” deya yozgancha xabar berdi.

Gruziya prezidenti va aktrisa hamda rassom Maka Chichualar 2014 yilning 2 fevral kuni oila qurishgan. 2015 yilda esa Temo ismli o’g’il farzandlari dunyoga kelgan. Margvelashvilining avvalgi turmushidan Anna ismli qizi ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziya prezidenti uchinchi bor ota bo’ldi