13:00 / 18.01.2018
5 971

KXDRning yadroviy salohiyati ma’lum bo‘ldi

KXDRning yadroviy salohiyati ma’lum bo‘ldi
Avvalroq, Shimoliy Koreya yadroviy qurollar va raketalar sinovini o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.

Amerikalik yadroviy qurollar bilan shug‘ullanadigan olimlar Gans Kristens va Robert Norrislar KXDRning yadroviy qurollari salohiyatini hisoblab chiqishgan va bu haqdagi maqolani “Bulletin of Atomic Scientists” jurnalida chop etishgan.

Ular o‘z maqolasida, ochiq ma’lumotlarga asoslanib KXDRning qo‘llanishga tayyor bo‘lgan yadroviy kallaklari soni 20 tani tashkil etishi, yana 60 ta yadroviy kallak tayyorlashga salohiyati yetishini ma’lum qilgan.

Ekspertlar Shimoliy Koreya yadroviy qurollar va raketalar sinovini o‘tkazishda rivojlanishga erishganini ham tan olishgan.

Maqolada mualliflar, “Yadroviy qurollarning o‘tkazilgan oltita sinovidan ikkitasi o‘rtacha quvvatga ega bo‘lishiga qaramasdan, KXDR turli darajadagi yadroviy bombalarni yaratishga qodir. Hozirda Pxenyan o‘z yadroviy salohiyatini to‘liq ishga tushirmayotgani vaqt masalasi bilan bog‘liq”, deb ta’kidlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » KXDRning yadroviy salohiyati ma’lum bo‘ldi