16:42 / 18.01.2018
8 651

Aqto‘bedagi fojia sabablari borasidagi taxminlar

Aqto‘bedagi fojia sabablari borasidagi taxminlar
Avvalroq, Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobusda tirik qolganlar haqida xabar bergan edik.

Mazkur avtobusning nima sababdan yonib ketganligiga oid turli taxminlar ilgari surilmoqda. Tirik qolgan haydovchi ham dastlabki ko‘rsatmalarni bergan. Uning ko‘rsatmalariga ko‘ra, avtobus tok o‘tkazuvchi simlar tizimida qisqa tutashuv ro‘y bergani sababli yonib ketgan bo‘lishi mumkin.

Aqto‘be viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimi haydovchining gapidan iqtibos qilib keltirgan, “Men tutunning hidini sezdim va avtobusni to‘xtatdim. Avtobus to‘xtaganidan keyin eshikni ochdim va besh daqiqada avtobus yonib tugadi. Undan hech narsa qolmadi”.

Boshqa taxminlardan biri haydovchi sovuqqonligi bilan izohlanmoqda. Bu taxminga ko‘ra haydovchi yozda foydalanilishi mumkin bo‘lgan kerosindan foydalangan. Yozgi kerosin havo harorati pastligi tufayli muzlab qolgandan keyin, haydovchi olov lampa (payalnaya lampa)dan foydalanib avtobusning bakini qizdirgan va oqibatda yong‘in kelib chiqqan bo‘lishi mumkin, deyilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aqto‘bedagi fojia sabablari borasidagi taxminlar