23:34 / 18.01.2018
7 601

Qozog‘iston politsiyasi Aqto‘bedagi avtobus halokati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi

Qozog‘iston politsiyasi Aqto‘bedagi avtobus halokati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 nafar o‘zbekistonlikning halok bo‘lishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda, Qozog‘iston politsiyasiga asoslanib, Daryo nashri xabar bermoqda.

«Fakt mamlakat JKning 345-moddasi 4-bandi bo‘yicha qayd etildi», — ta’kidladi nashrning manbasi.

Mazkur modda yo‘l harakati xavfsizligi yoki transport ekspluatatsiyasi qoidalarining buzilishi oqibatida ehtiyotsizlikdan odam o‘lishini nazarda tutadi. Bu moddaga ko‘ra javobgar besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

«Biz 52 tobut va transport tayyorlab qo‘ydik. Qarindoshlar, buyuk ehtimol bilan, tanish jarayoniga kelmaydi. Yorish Aqto‘beda o‘tkaziladi, so‘ng tanalar samolyot bilan O‘zbekistonga yuboriladi va tanish jarayoni o‘sha yerda o‘tkaziladi», — dedi Aqto‘be viloyati ma’muriyati vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston politsiyasi Aqto‘bedagi avtobus halokati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi