08:31 / 19.01.2018
6 871

Tramp dunyoning eng xavfli mamlakati nomini e’lon qildi

Tramp dunyoning eng xavfli mamlakati nomini e’lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Meksikani dunyoning eng xavfli mamlakati deb hisoblaydi. Amerika davlat rahbari o‘zining Twitter'ida shu haqida yozib qoldirdi.

Bu safar Tramp chegara devori qurilishi mavzusini ko‘tardi. "Meksikadan kelayotgan giyohvandlik moddalari oqimini to‘xtatish uchun bizga devor kerak", - deb yozadi u.

Meksika chegarasida devor ko‘tarish — Donald Trampning saylov oldi va’dalaridan biri.

2017 yilning 12 iyulida Amerika Kongress "Tramp devori" qurilishiga 1,6 milliard dollar ajratmoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi. Oq uy egasi ob’ektni qurish ishlari yaqin orada boshlanishiga va’da berdi, biroq aniq sanalar ko‘rsatilmagan.

AQSh 509 kilometrli devor qurishni, shuningdek mavjud 655 kilometrli to‘siqni mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp dunyoning eng xavfli mamlakati nomini e’lon qildi