09:44 / 20.01.2018
5 320

Yevropadagi ijara uchun "eng qimmat shahar"lar aniqlandi

Европадаги ижара учун "энг қиммат шаҳар"лар аниқланди
«ECA International» agentligi ko‘hna qit’adagi ijarada yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingini tuzib chiqdi.

Bu ro‘yxatda Moskva ikkinchi o‘rinni oldi. Rossiya poytaxtining nufuzli tumanlaridan birida to‘rt xonali, uchta yotoqxonasi va mehmonxonasi bo‘lgan kvartirani bir oylik ijaraga olish o‘rtacha 5 ming AQSh dollariga tushadi. Lekin bu xonadon mebel bilan jihozlangan bo‘lmaydi. Aynan shunday turar-joyni Syurixda o‘rtacha 4673 dollarga, Jenevada 4555 dollarga, Istanbulda 3951 dollarga ijaraga olish mumkin. Qimmatlar ichida eng arzon shahar Shvetsiya poytaxti Stokholm bo‘lib, bu yerda bir oy yashash uchun 3177 dollar zarur.

Reyting yetakchisi Buyuk Britaniya poytaxti London shahri deya tan olindi. Bu shahar markazidan kvartira ijaraga olish uchun o‘rtacha 6648 dollar to‘lash kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropadagi ijara uchun "eng qimmat shahar"lar aniqlandi