20:02 / 21.01.2018
6 372

Kievlik yigit liftdagi yo’lovchi ayolni bo’g’ib o’ldirmoqchi bo’ldi-yu birdan uning qarshisida tiz cho’kib yig’lay boshladi...

 Киевлик йигит лифтдаги йўловчи аёлни бўғиб ўлдирмоқчи бўлди-ю бирдан унинг қаршисида тиз чўкиб йиғлай бошлади...
Kievlik erkak liftlarning biridagi yo’lovchi ayolni polga itarib, uni bo’g’ib o’ldirishga urindi. Keyin esa kutilmaganda uning qarshisidan tiz cho’kib, yig’lashni boshladi.

Xabarda aytilishicha, hodisa kuppa-kunduz kuni sodir bo’lgan. Ayol begona erkak bilan birga liftga kirgan eshik yopilishi bilan erkak “ Stop” tugmasini bosib uni bo’g’ishga harakat qila boshlagan.

Keyin esa kutilmaganda ayol qarshisida tiz cho’kib yig’lab yuborgan. U ayoldan qochib ketmasligi, shunchaki uni eshitishini iltimos qildi.

Aniqlanishicha, erkak ayolni sobiq sevgan qizi bilan adashtirgan. Sevishganlar 5 yil davom etgan munosabatlardan so’ng 1 oy avval ajrashganlari ma’lum bo’ldi. Yo’lovchi ayol esa bechora oshiqning ohu zorini lift 18 qavatga yetib borguniga tinglashiga to’g’ri keldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kievlik yigit liftdagi yo’lovchi ayolni bo’g’ib o’ldirmoqchi bo’ldi-yu birdan uning qarshisida tiz cho’kib yig’lay boshladi...