Parijda terrorchi-kamikadze uyushtirgan portlashdan so‘ng telefon bir erkakning hayotini saqlab qoldi

  • 15 noyabr 2015, 11:14
  • 5 494
  • Dunyo
  • Parijda terrorchi-kamikadze uyushtirgan portlashdan so‘ng telefon bir erkakning hayotini saqlab qoldi

    Parijda terrorchi-kamikadze uyushtirgan portlashdan so‘ng telefon bir erkakning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda “TJ”ga asoslanib “Daryo” nashri xabar bermoqda.

    Silvestr ismli erkakning aytishicha, u “Stad de Frans” stadioni yaqinida turgan vaqtda qo‘lidagi Samsung Galaxy telefoni uning hayotini saqlab qolgan.

    Silvestr telefonda suhbatlashayotgan vaqtda shu yaqin orada bo‘lgan terrorchi-kamikadze o‘zini portlatib yuborgan va portlovchi qurilmaning bir parchasi uning telefoni korpusiga kelib urilgan hamda erkakni jiddiy jarohat olishdan saqlab qolgan.

    Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Parijda teraktlar ketma-ketligi yuz berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shahardagi qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida 130 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Fransiyada uch kunlik umummilliy motam e’lon qilingan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Parijda terrorchi-kamikadze uyushtirgan portlashdan so‘ng telefon bir erkakning hayotini saqlab qoldi