23:34 / 21.01.2018
5 123

Serbiya prezidenti aholi vakillaridan ayrimlariga uy va traktor sovg’a qildi

Сербия президенти аҳоли вакилларидан айримларига уй ва трактор совға қилди
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Kosovoga prezident bilan uchrashish uchun kelgan insonlarning ikkitasiga uy va traktor sovg’a qildi.

Xabar berilishicha, ular madaniyat uyining majlislar zalida 6 soat davomida suhbat qurishgan va prezident ulardan biriga uy, yana biriga traktor berishni va’da qilgan. Yig’ilganlarning umumiy soni 100 dan ortiq edi.

Prezident bilan bo’lgan suhbatning asosiy qismi ishsizlik, turarjoy mavzusi, ona tilida ta’lim olish, tibbiyot va ijtimoiy muammolar mavzularida o’tgan.

“Agar 4 ta farzandingiz bo’lsa, beshinchisini ham dunyoga keltiring. Sizga fabrikalar ochib beramiz va investorlarni olib kelamiz” dedi Vuchich suhbat chog’ida.

Serbiya prezidentining Kosovoga tashrifi mahalliy siyosatchi Oliver Ivanovich o’ldirilganidan so’nг aholi vakillarini tinchlantirish maqsadida uyushtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiya prezidenti aholi vakillaridan ayrimlariga uy va traktor sovg’a qildi