21:43 / 21.01.2018
5 935

Eron Turkiyaga ultimatum qo‘ydi

Eron Turkiyaga ultimatum qo‘ydi
Eron Turkiyani Suriyaning Afrin viloyatida boshlagan harbiy amaliyotini zudlik bilan to‘xtatishni talab qildi. Eron tomoni bu kampaniya orqali Turkiya «terroristik» guruhlarga yordam berayotganini iddao qilmoqda.

«Eron bu amaliyot imkon qadar tez to‘xtatilishiga umid qiladi. Aks holda Suriya va Turkiya chegarasida vaziyat og‘irlashadi. Afrinda yuzaga keladigan bunday vaziyat esa Suriya shimolidagi terrorchi guruhlarga qo‘l kelishi mumkin», – deya Eron TIV vakili Bahrom Qosimiyning so‘zlarini keltirmoqda Kun nashri.

Bundan avvalroq, Turkiya harbiylari Afrindagi amaliyotning ikkinchi kunida ham aviazarbalar berishni davom ettirib, kurdlarning 45ta pozitsiyasini yo‘q qilgani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron Turkiyaga ultimatum qo‘ydi