07:33 / 22.01.2018
8 027

500 ming dollar pora olayotgan amaldor qo‘lga olindi...

500 ming dollar pora olayotgan amaldor qo‘lga olindi...
Tojikiston Iqtisodiy taraqqiyot vazirligining mintaqalar rivojlanishi va sarmoyalarni dasturlashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Asqar Nuralizoda 500 ming dollarga yaqin pora olayotgan vaqtda ushlanib 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, deb yozadi Sof.uz nashri.

Tojikiston poytaxtidagi Sino tuman sudi bu ma’lumotni tasdiqladi va hukm 10 yanvar kuni chiqarilganligini ta’kidlashdi. Manbaning aytishicha, hukm hozircha kuchga kirmadi va shu sababli mahkum yuqori sud instansiyalariga shikoyat qilish huquqiga ega.

Nuralizoda o‘tgan yilning 28 sentyabr kuni Tojikiston moliyaviy nazorat va korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi xodimlari tomonidan poytaxtdagi “Afsona” restoranida 490 ming dollar miqdorida pora olayotganida qo‘lga olingan edi. Yana 10 ming dollar uning uyi agentlik xodimlari tomonidan tintuv qilinganida topildi.

O‘shanda Asqar Nuralizoda Jaloliddini Balxi tumanida istiqomat qiluvchi fuqarodan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan davlat investitsiya dasturiga Xatlon viloyatidagi mazkur tumanda parrandachilikni rivojlantirish punkti kiritilishi evaziga 1 million dollar talab qilgani aytilgan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurash idorasining ma’lum qilishicha, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligining amaldori o‘zining rafiqasi uchun poytaxtdagi turar joy mavzelaridan birida 70 ming dollarlik uy xarid qilishni ham talab qilgan. Amaldorga nisbatan TR Jinoyat Kodeksi 319 moddasining 4- qismi “Pora olish” bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 500 ming dollar pora olayotgan amaldor qo‘lga olindi...