16:23 / 22.01.2018
5 619

Ehtiyot bo‘ling! Sushixo‘r erkakning oshqozonidan 1,5 metrlik chuvalchang topildi

Ehtiyot bo‘ling! Sushixo‘r erkakning oshqozonidan 1,5 metrlik chuvalchang topildi
Yaponiyaning mashhur yeguligi bo‘lgan sushi bugungi kunda o‘zbek xo‘randalarining ham sevimli taomiga aylanishga ulgurgan. Buni qarangki, Kaliforniyada sushini doimiy tarzda iste’mol qilgan fuqaro o‘z nafsining “qurboniga” aylandi.

Har kuni sushi tanovvul qilgan erkak parazitlardan zaharlangan. Uning oshqozonidan uzunligi qariyb 1,5 metr keladigan ulkan chuvalchang tashqariga chiqqan.

Shifokorlar avval bunday uzunlikdagi parazitni uchratmaganliklarini tan olishdi.

Shifokorlarning tekshiruvi vaqtida bemor erkak uzoq vaqt davomida mamlakatdan tashqariga chiqmaganligini va bunday zaharlanishga olib kelishi mumkin bo‘lgan yegulikni tanovvul qilmaganligini ma’lum qildi. Erkak har kuni lososdan tayyorlangan sushini iste’mol qilishini aytganida, shifokorlar parazitning kelib chiqish sababini aniqlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ehtiyot bo‘ling! Sushixo‘r erkakning oshqozonidan 1,5 metrlik chuvalchang topildi