15:21 / 22.01.2018
5 953

Haqiqatmi yoki uydirma? Ko’lda cho’kib o’lgan bolakay ruhi qizlar suratida ko’rinish berdi

 Ҳақиқатми ёки уйдирма? Кўлда чўкиб ўлган болакай руҳи қизлар суратида кўриниш берди
Xolli imsli qiz Twitter tarmog’iga 3 soniyalik farq bilan olingan suratlarni joylashtirgan so’ng ushbu hikoya internet foydalanuvchilari orasida mashhur bo’lib ketdi. Ko’rganingizdek, birinchi suratda hayratlanarli jihat yo’q, ammo ikkinchi suratda qizlar yonida kichik bola paydo bo’lib qolganini ko’rish mumkin.

Surat Shotlandiya hududida olingan bo’lib, dugonalar u yerga qiz bazmi o’tkazish uchun borishgan. Xollining aytishicha, suratda notanish bolani ko’rgach, dugonalari uning kim ekanligini aniqlashga harakat qilganlar va natijada uning bir necha yillar avval mana shu ko’lga cho’kib o’lgan bolakay ruhi bo’lishi mumkinligi haqidagi javobni eshitishgan. Dahshatga tushgan qizlar darhol ushbu manzilni tark etganlar.

Xabarda aytilishicha, Xollining hikoyasi internet foydalanuvchilarining hammasini ham hayratga sololmadi. Ular orasida buning soxta surat ekanligi ham aytganlar uchragan.



Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Haqiqatmi yoki uydirma? Ko’lda cho’kib o’lgan bolakay ruhi qizlar suratida ko’rinish berdi